Daryabay Kaypov Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Shuhrat Teshayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bungacha u Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Daryabay Kaypov Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling