Toshkentda erkak oʻz joniga qasd qilgani boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Natijasi haqida qoʻshimcha axborot beriladi

2-dekabr kuni Olmazor tumani “Gulsaroy” MFYda yashovchi 1986-yilda tugʻilgan S.D. Qoraqamish 1/2 dahasida joylashgan 20-sonli oilaviy poliklinikaning orqa tomonida joylashgan bogʻdagi daraxtga arqon bilan boʻynidan osib, oʻz joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi koʻzdan kechirilib, ashyoviy dalillar olindi hamda sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi haqida qoʻshimcha axborot beriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling