Qor, sovuq, tuman: dam olish kunlari Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Harorat asosan kunduz kunlari 2-5 daraja iliq boʻladi

Respublika shimolida ertaga 7-dekabr kuni baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq boʻladi.

8-dekabrda respublika hududiga shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati 8-dekabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuqni, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi.

8-dekabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi.

Toshkent shahrida 6-7-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s telikda esadi.

Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduz kunlari 2-5 daraja iliq boʻladi. 8-dekabrda kuchsiz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-4 daraja sovuq boʻladi.

Kelgusi haftaning boshida Oʻzbekiston boʻyicha harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha (Toshkentda 6-8 daraja sovuqqacha), shimolda 13-18 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli oʻzgarmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling