Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida 17 oktabr kuni soat 5:00 larda Isuzu 95 bosh mayda shoxli mollarini urib yubordi.
Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.S. boshqaruvida boʻlgan Isuzu Koʻkdala tumani hududidan oʻtuvchi A-378 “G”uzor-Samarqand" avtomobil yoʻlining 105 kilometrida Gʻuzor tumanida yashovchi Sh.T. hamda Q.Q.larning 95 bosh mayda shoxli mollarini urib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Koʻkdala tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling