Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʻtgan D 017 “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yoʻlining 17-kilometrida 19-oktyabr kuni soat taxminan 05:00 larda haydovchi 1998-yilda tugʻilgan D.Sh. Spark avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida 22 bosh qoʻyni urib yubordi.
Haydovchi transport vositasini toʻxtatib, tushganidan soʻng, avtomobil salonida yongʻin kelib chiqqan.
Hodisa natijasida haydovchini sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Avtoulov toʻliq yonib ketgan va 22 bosh qoʻy nobud boʻlgan.
Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling