Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Endi qurilish obyektlarida QR-kodli pasport majburiy tarzda o‘rnatiladi

Pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab, obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalda bo‘lishi zarur.

“Qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Mazkur Nizom qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasportni o‘rnatish tartibini belgilaydi.

QR-kodli pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kunda buyurtmachi tomonidan obyektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda majburiy tartibda o‘rnatiladi.

QR-kodli pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab, obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalda bo‘lishi zarur.

QR-kodli pasport namlik va tashqi taʼsirlarga chidamli materialdan tayyorlangan bo‘lishi, umumiy o‘lchamlari 2400x1200 mm ni tashkil etishi hamda yer sathidan kamida 1 m balandlikda o‘rnatilishi lozim.

Qurilish obyekti hududiy inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, «Shaffof qurilish» axborot tizimida obyektga oid dastlabki maʼlumotlar joylashtirilgan sahifa uchun QR -kod avtomatik tarzda shakllantiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling