Toshkent viloyatidagi issiqxonada 14,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 1987-yilda tugʻilgan fuqaro yashash joyining tomorqasida issiqxona tashkil etib, unda qulupnay yetishtirishni yoʻlga qoʻygan.

Biroq u yashash uyi yonidan oʻtgan tabiiy gaz trubaga hech qanday loyiha hujjatlarsiz, taʼminotchi korxona bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan ulanib olgan.

U 3 yil davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 14 mlrd 348 mln 880 ming soʻm zarar yetkazgan. Ushbu harakatlarni yashirin tarzda amalga oshirish maqsadida qilmishlarini turli koʻrinishda niqoblab kelgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling