Namanganda 4,1 mlrd soʻmlik qum-shagʻal aralashmasini qazib olgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Quvasoy shahrida 4,1 mlrd soʻmlik qum shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, “F.X.” MCHJ masʼul shaxslari geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish uchun  “Quvasoy-1” qum-shagʻal koni hududidan ajratilgan yer maydonidan 18 344 kub metr qum-shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,1 mlrd soʻm zarar yetkazgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling