Surxondaryoda davlat zaxirasidagi yerni 187 mln soʻmga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fuqaro B.M.ning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro J.D. Qumqoʻrgʻon tumani “Xoʻjamulki” mahallasi hududida joylashgan davlat zaxirasidagi 0,43 gektar yer maydonini oʻziga tegishli ekanligiga ishontirib, ushbu yer maydonini 187 mln soʻmga sotishini aytib, kelgusida tanishlari orqali yerni uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, kelishilgan pulni olayotgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling