Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Yana bir kishi esa shifoxonaga yotqizildi.

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 19-oktyabr kuni soat 09:40 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YPX xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Cobalt yo‘lning qarama-qarshi tomonigan chiqib ketishi natijasida Nexia-2 bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Nexia-2 avtomobilida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1963-y.t. erkak voqea joyida vafot etgan. 

Yana bir yo‘lovchi – 1959-y.t. ayol tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan.  

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling