2025-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun – juma kuniga to‘g‘ri keladi. Prezident qarori bilan, O‘zbekistonda 6-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda fuqarolar uchun Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratadi.