Aprel oyining birinchi kunlarida Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Havo harorati koʻtarilishi davom etadi. Bugun va ertaga kunduzi harorat 22-27 darajani tashkil etadi, ish haftasining oxiriga kelib havo 28-30 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 33 darajagacha isiydi. Bu aprel oyi boshi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 5-7 darajaga yuqoridir.
Respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatda 1-3-aprel kunlari kunduzgi harorat 25-30 daraja boʻlgan quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, 4-aprelda esa harorat 5-7 darajaga pasayadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezikda esadi, 3-4-aprel kunlari respublika boʻyicha 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Bugun Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechalari 10-15 daraja, kunduz kunlari 1-2-aprelda 24-26 daraja, 3-4-aprelda 26-29 daraja boʻladi.