19-noyabr kuni soat 16:30 da Samarqand viloyati FVBga Samarqand shahar Roʻdakiy koʻchasidagi ariq ustiga oʻrnatilgan metall panjara orasiga fuqaroning bir oyogʻi tushib, qisilib qolganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaroning oyogʻini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib oldi.
Fuqaroning ahvoli yaxshi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling