Toshkent viloyatida qum-shagʻal noqonuniy qazib olinishi natijasida tabiatga 65 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi

Toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan Quyi Chirchiq tumani hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosi hududida reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Reyd davomida qum-shagʻal aralashmalari davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida davlat raqami “01 M 019830” boʻlgan yuk transport vositasiga yuklab berilayotganligi aniqlandi.

Holatga inspektorlar tomonidan aniqlik kiritilganida yuk transport vositasi haydovchisi qum-shagʻal aralashmalarini shu hududda joylashgan “M.G.F.” MCHJga qarashli tosh maydalash sexiga olib borib toʻkayotganligini maʼlum qildi.

Holat natijasida tabiatga 65 mlrd 323 mln 200 ming soʻm zarar yetkazilgan.

Shuningdek, texnika vositalari Quyi Chirchiq tumanida joylashgan jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirildi.

Toʻplangan hujjatlar esa holatga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling