Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Bosh assambleyasi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi lavozimiga Prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.

Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais oʻrinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qoʻmita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.


Yigʻilishda Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya aʼzolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning masʼullari ham qatnashdi.