Prezident qarori bilan, Ramazon oyi 1-mart kuni boshlanadi.
Qarorda maʼlum qilinishicha, ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bagʻrikenglik oyi” gʻoyasi asosida qator ishlar amalga oshiriladi.
Jumladan:
- ehtiyojmandlar hamda ilm-maʼrifat yoʻlida izlanayotgan yoshlarga yordam berish boʻyicha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga;
- oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda oʻzaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
- atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, koʻchatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bogʻliq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslikka alohida eʼtibor beriladi.