“Real Madrid” qitʼalararo kubogi gʻolibi boʻldi

Madrid klubi oʻz tarixida 4-bor ushbu turnir gʻolibiga aylandi

Qatar poytaxti Doha shahrida 2004-yildan soʻng ilk marta qitʼalararo kubogi oʻtkazildi.

Musobaqa finalida YCHL gʻolibi “Real” KONKAKAF chempioni “Pachuka” bilan bahs olib bordi. 1-boʻlimda Kamavinga, Valverde, Bellinghem va Vinisius kombinatsiyasini Mbappe golga aylantirdi.

Ikkinchi boʻlimda Rodrigo ajoyib ijrosi bilan farqni oshirdi, Vinisius esa penaltidan hisobni yiriklashtirdi.

Shunday qilib, Madrid klubi oʻz tarixida 4-bor ushbu turnir gʻolibiga aylandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling