Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

1-aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga toʻliq moslashtiriladi

Hukumatning “Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yoʻlga quyish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyi tashkil qilinadi. Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, toʻplash va saqlash;
  • madaniy, maʼrifiy, ilmiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish;
  • yoshlarni “ustoz-shogird” anʼanalari asosida kulolchilik hunariga oʻrgatish;
  • kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;
  • ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
  • chet el muzeylari bilan koʻrgazmalar tashkil etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish.

Muzeyni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilandi.

2025-yil 1-aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga toʻliq moslashtiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling