Buxoro viloyatining Romitan tumani, “Qoqishtuvon” mahallasida yashovchi fuqaro oʻz xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 92-prim 1-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, ish yuzasidan toʻplangan hujjatlar tegishli chora koʻrish maqsadida sud organlariga yuborildi.
Sher bolasi esa Somoniy bogʻida tashkil qilingan vaqtinchalik hayvonot bogʻiga joylashtirildi.