Rossiya prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ”Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, Farrux Zokirov va Sevara Nazarxon “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, 19-noyabr kuni, soat 19:00da Moskva shahridagi Kreml davlat saroyida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli oʻzbek sanʼati ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining “Rossiya Federatsiyasining madaniyat va sanʼat sohalari vakillarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra:
Bezrukov Sergey Vitalyevich - Rossiya Federatsiyasining xalq artisti, Moskva drama teatri badiiy rahbari, teatr va kino aktyori;
Liyepa Andris Marisovich - Rossiya Federatsiyasining xalq artisti, balet artisti, rejissyor Oʻzbekistonning “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling