Jizzaxda oʻz xonadonida 1,3 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlandi

Holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi

Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida 1,35 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “tadbirkor” aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Fuqaro oʻz xonadonida rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 mlrd 354 mln soʻmlik zarar aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling