Qashqadaryoda ayoli va 3 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani, “Oqsuv” MFY, Xoʻjaisparoz qishlogʻida yashovchi 1998-yilda tugʻilgan erkak 24-noyabr kuni soat 13:00 larda ruhiyatida sodir boʻlgan oʻzgarishlar okibatida oshxona pichogʻi bilan 1996-yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi hamda 2024-yilning 1-sentyabrida tugʻilgan qizini qasddan oʻldirdi. 

Shundan soʻng, u yashash uyining xoʻjalik binosida arqondan sirtmoq yasab, oʻzini osib, joniga qasd qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Gumonlanuvchi shaxs (marhum) 2006-yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida roʻyxatda turgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling