Surxondaryoda 17 yoshli qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi

Hodisa 29-oktyabr kuni soat 21:00 atrofida sodir boʻlgan

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 2007-yilda tugʻilgan qiz 8-qavatdan yiqildi, deb xabar bermoqda “Zamon” dasturi.

Hodisa 29-oktyabr kuni soat 21:00 atrofida sodir boʻlgan.

Oqibatda 17 yoshli qiz olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok boʻlgan.

Holat sodir boʻlishidan oldin qizning oilasida hech qanday janjal va ziddiyatlar yuzaga kelmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling