Qoʻqon davlat pedagogika instituti amaliy fanlar fakulteti jismoniy madaniyat yoʻnalishi, 2-bosqich talabasi, 2005-yilda tugʻilgan G.X. 13-dekabr, soat 01:20 larda oʻz joniga suiqasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz'ga xabar berdi.
U institutning 3-sonli talaba turar joyi binosi 3-qavatidan oʻzini tashlab yubordi.
Oqibatda tan-jarohati olib, Qoʻqon shahar markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling