Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida Yunusobod tumanining ayrim hududlarida “svet” vaqtincha oʻchiriladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmatiga koʻra, 14-oktyabr kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
“Sharq haqiqati”, “Katta Hasanboy”, “Islomobod”, “Adolat”, “Uchqahramon” hamda “Nurmakon” MFYlari.
“Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling