Prezident Senati raisi lavozimiga Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi

Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etdi.

Majlisda Senat Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylash toʻgʻrisidagi tashkiliy masala koʻrib chiqilmoqda.

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.

Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, oʻtgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani taʼkidlandi.

Shuningdek, Senat Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling