Energetika vazirligining xabar berishicha, sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi.
“Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan. Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, isteʼmolchilarning avtobenzinga boʻlgan talabini toʻliq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.
Taʼkidlanishicha, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz taʼminlash yuzasidan barcha zaruriy choralar koʻrilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling“Shu oʻrinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan toʻgʻri sotishlarini soʻraymiz. Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.