Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va hududiy boʻlimlari xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Buxoro viloyatida oʻtkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari choʻl hududlaridan saksovul oʻsimliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Romitan tumani hududida aniqlangan huquqbuzarlik boʻyicha 2 nafar fuqaroga 18 million 750 ming soʻm jarima belgilandi hamda tabiatga 6 million 195 ming soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi (jami 24 million 945 ming soʻm).
Olot tumanida aniqlangan huquqbuzarlik boʻyicha esa fuqaro M.A. ga 9 million 375 ming soʻm jarima qoʻllanildi hamda tabiatga 5 million 250 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi (jami 14 million 625 ming soʻm).
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling