Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
Unda fuqarolarga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitim imzolandi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ushbu shartnoma yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi. Unga koʻra, mazkur xalqaro shartnoma Oʻzbekiston va Xitoy fuqarolarining ikki davlat hududlariga oʻzaro vizasiz safar qilishlariga doir masalalarni tartibga soladi.
Bitimga muvofiq, Oʻzbekiston va Xitoy fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun 30 kungacha muddatga viza talablaridan ozod qilinadi.
Mazkur xalqaro shartnoma tomonlar zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganidan soʻng kuchga kiradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling