Qarshi shahrida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Oldindan kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda 8 turdagi 25 ming 336 dona salyut va petardalar keyinchalik sotish maqsadida saqlanayotganligi aniqlandi.
Xorijda ishlab chiqarilgan va muqaddam noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 47 mln soʻmni tashkil qilmoqda.
Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.