Zangiota tumanida fuqarolar M.B va S.K. oʻzaro til biriktirib, pirotexnika buyumlarini oʻtkazish orqali noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.A.ga jami 2 400 quti “Miki maus”, 56 dona “7 Shots” nomli hamda 13 dona “Koralevskiy salyut” nomli pirotexnika buyumlarini 3 220 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Uchtepa tumani, “Fayzabod” MFY hududidan oʻtuvchi Toshkent xalqa yoʻlida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.O., F.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 108 dona “7 Shots” nomli pirotexnika buyumlarini oʻtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling