Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Samarqandda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand va Andijonda fuqarolarni xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Samarqand shahrida fuqaro B.B. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, uni 28 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga yuborishini vaʼda qilib, shundan 4,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. 

Andijon viloyatida “H.D.” MCHJ rahbari J.D. fuqaro G‘.A.ning ishonchiga kirib, uni Bolgariyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishi evaziga 1 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling