Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi.

Viloyat hokimi lavozimiga nomzod boʻyicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv oʻtkazish uchun Prezident maslahatchisi G.Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga E.Turdimov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga moʻljallangan oʻz dasturini taqdim etdi. Nomzod boʻyicha partiyalar guruhlari ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Erkinjon Turdimov nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling