“Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Adliya vaziri Samarqand viloyat hokimiga hujjatni topshirdi

4-fevral kuni “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyat hokimi v.b. Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.

Maʼlumot uchun, “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling