Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxtakoʻpir va Moʻynoq tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar D.E. va A.A. oʻzlarining yashash xonadonlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 246,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Ishtixon va Urgut tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro N.I. va “Q.M.” xususiy korxonasi rahbari M.S. suv nasosi va boshqa elektr jixozlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 113,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling