Samarqandda 20 yoshli talaba qiz oʻzini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz'ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 19-fevral kuni soat 17:00 larda 2005-yilda tugʻilgan S.M. Samarqand shahrida joylashgan koʻp qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonning derazasidan oʻzini pastga tashlab joniga qasd qilgan.
Qizning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.