Samarqand viloyatining Payariq tumani, “Sarbazor” MFYda joylashgan “Yulduzcha” bog‘chasida 5-iyun kuni 3 yoshli bola suv havzasiga tushib ketdi.
Havza bog‘cha yonidagi maktab hududida favqulodda holatlarda foydalanish uchun qurilgan bo‘lgan.
Hodisa oqibatida u vafot etgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.