Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi

Davlat rahbari navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ar-Riyod shahrida navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling