Toshkent – Nyu-York reysi bortida chaqaloq tugʻildi

Ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qoʻnish qarorini qabul qildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY101 reysi (Toshkent – Nyu-York) bortida chaqaloq tugʻildi.

Xabar berilishicha, parvoz davomida yoʻlovchilardan biri tugʻruq boshladi. Vaziyatni baholab, ekipaj brigadasi boshqaruvchisi ovozli eʼlon orqali samolyotdagi shifokorlarni yordamga chaqirdi.

Chaqiriqqa yoʻlovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh javob berishdi. Bir oz vaqt oʻtib, yoʻlovchi oʻgʻil farzandini dunyoga keltirdi. Shu munosabat bilan ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qoʻnish qarorini qabul qildi.

Samolyot muvaffaqiyatli qoʻnganidan soʻng, tibbiyot xodimlari bortga koʻtarilib, zarur yordam koʻrsatdi. Ona va chaqaloq mahalliy klinikaga yetkazildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling