Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yoʻlovchilar soni 4,98 mln yoʻlovchini tashkil etgan.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 31,3 foiz (2023-yil yanvar-sentyabr oylarida 3,79 mln kishi) yaʼni, 1,19 mln yoʻlovchiga oshgan.
Iyul oyida agentlik 6 oy mobaynida havo transporti orqali bir kunda oʻrtacha 17,9 ming nafar yoʻlovchilar tashilganini maʼlum qilgan edi.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 ming nafarga koʻp.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling