O‘zbekistonda 2025-yili samolyotda 5 ta o‘lim qayd etildi

Joriy yilning olti oyida esa 61 yo‘lovchiga parvoz qilishga ruxsat berilmagan.

O‘zbekiston aeroportlarida 2024-yili 46 nafar yo‘lovchi sog‘lig‘i sababli parvozga qo‘yilmadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Joriy yilning olti oyida esa 61 yo‘lovchiga parvoz qilishga ruxsat berilmagan.

Maʼlum qilinishicha, 2024-yilda 14 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi samolyot bortida, 3 tasi Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida sodir bo‘lgan. 

2025-yilning hozirgi kuniga qadar 5 ta o‘lim holati qayd etilgan va ularning barchasi manzilga yetib borgunga qadar samolyot bortida ro‘y bergan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling