Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro “layk uchun otamni uraman” deya video chiqargan edi.
Ushbu holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olingani aytilgandi.
Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur yuzasidan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Chirchiq shahar sudi tomonidan koʻrib chiqildi.
Unga koʻra 2000-yilda tugʻilgan fuqaro U.S. MJtKning 183-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 (oʻn besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling