27-oktabr, yakshanba kuni Toshkent metropolitenining barcha bekatlari soat 05:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻib oʻtishi munosabati bilan amlaga oshirilmoqda.
Bu kunda yoʻnalishlarda poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling