2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 4,06 mln nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln nafarga yoki 37,2 foizga oshgan.
Ularning mamlakatlar boʻyicha taqsimoti quyidagicha:
- Qirgʻiz Respublikasi – 1 913,6 ming nafar;
- Tojikiston – 797,6 ming nafar;
- Qozogʻiston – 640,2 ming nafar;
- Rossiya – 194,7 ming nafar;
- Turkiya – 157,7 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 111,9 ming nafar;
- BAA – 81,4 ming nafar;
- Misr – 27,7 ming nafar;
- Quvayt – 16,7 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 14,9 ming nafar;
- Boshqa davlatlar – 112,1 ming nafar.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling