Boʻstonliq tumani, “Qoramozor” mahallasi, Chaxcham qishlogʻi hududidagi “Suron ota” togʻiga besh nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolgan. Bu haqdagi xabar 23-dekabr kuni soat 12:24 da Toshkent viloyati FVB Boʻstonliq tumani Ixtisoslashgan koʻp tarmoqli boshqarmasiga kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan.
Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqarolar sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olgan yoʻq.