O‘zbekiston hududiga 23-25-mart kunlari nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
23-25-mart kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanish ehtimoli bor.
23-24-mart kunlari shamol tezligi ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 23-27-mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, SharofRashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida vaAngren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suvtoshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.