Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari va komissiyasini tuzish masalasi koʻrib chiqildi.
Unga koʻra, Senatda:
— Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi;
— Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi;
— Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
— Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi;
— Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi;
— Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
— Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi;
—Odob-axloq komissiyasi tuzildi.
Shu bilan birga qoʻmitalarga raislar ham saylandi. Bular:
— Erkin Gadoyev - Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi;
— Abdulxakim Eshmuratov - Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasi raisi;
— Qutbidin Burxanov - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi;
— Baxrom Abdullayev - Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi;
— Orzigul Qozixonova - Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi;
— Anvar Tuychiyev - Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling