Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Prezident farmoni bilan toʻqqiz nafar senator tayinlandi (roʻyxat)

Ularning orasida Prezident maslahatchisi ham bor

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.

Konstitutsiyaning 92-moddasiga hamda Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq: 

Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

– Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori

– Koʻchimov Abdusaid Koʻchimovich – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

– Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

– Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori

– Safoyev Sodiq Solixovich – Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari

– Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli – Yoshlar ishlari agentligi direktori

– Turdiyev Sodiqjon – Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi

– Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – Prezident maslahatchisi

Oliy Majlis Senati aʼzolari etib tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling