2-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlisining Senati aʼzolari saylovini oʻtkazish masalasi muhokama qilindi.
Saylov kodeksining 76-moddasiga koʻra, Senat aʼzolarining saylovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining tegishli qoʻshma majlisida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga binoan Senat aʼzolari saylov boʻyicha mahalliy Kengashlarning qoʻshma majlislari 7-12-noyabr kunlari oʻtkazilishi belgilandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling