Sergeli tumanida fuqaro A.A. fuqaro I.K.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent xalqaro aeroporti hududidan oziq-ovqat doʻkoni ochishi uchun joy olib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 5 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Beshariq tumani Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasida boʻlim boshligʻi A.K. fuqaro X.Yu.ning ishonchiga kirib, unga muassasa ixtiyoridagi “Yangi mahalla” MFY hududidagi avtobekat oʻrnida “aqlli bekat” qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling